19/01/2024

    Tug‘ilgan davlat deganda, shaxs tug‘ilgan joy joylashgan davlat tushuniladi. “Tug‘ilgan davlati” belgisi o‘z yurtida tug‘ilgan va chet elda dunyoga kelgan doimiy istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasidagi farqlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Qayd etish kerakki, shaxs tug‘ilgan davlat shaxs fuqaroligini olgan davlat bilan bir xil bo‘lishi shart emas va bir ro‘yxatga olishning alohida belgisini o‘zida aks ettiradi. Tug‘ilish jismonan sodir bo‘lgan davlat, yoxud tug‘riq vaqtida onaning odatiy yashash joyi bo‘lgan davlat, agar bu davlatlar farqlansa, tug‘ilgan davlati deb nomlanishi mumkin. Mamlakatlar ro‘yxatga olish materiallarida va istalgan meta-ma’lumotlarda qabul qilingan konsepsiyani izohlab berishi kerak.

Ko‘p sonli muhojirlarga ega davlatlar har ikkala ota-ona tug‘ilgan mamlakat to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishni xohlashlari mumkin. Ota-onalari (ota va ona) tug‘ilgan davlat haqidagi ma’lumot tug‘ilgan davlatga nisbatan bir xil mezonlarni qo‘llagan holda, barcha doimiy istiqomat qiluvchi shaxslarga nisbatan to‘planishi kerak. Bu belgi chet elda tug‘ilgan shaxslarning avlodlaridan iborat guruhlarni aniqlashga imkon beradi. Asosiy e’tiborni chegaralari salmoqli o‘zgarishlarga yuz tutgan davlatlarda shu savol bo‘yicha ma’lumot to‘plashga qaratish zarur.

 

 

Ota-ona tug‘ilgan mamlakat to‘g‘risidagi ma’lumot chet elda tug‘ilgan ota-onalardan mamlakatda dunyoga kelgan bolalarni (ya’ni “ikkinchi avlod” deb ataladigan) aniqlash uchun, shuningdek, migrantlar va ularning avlodlari integratsiyasi jarayonlari va natijalarini o‘rganish uchun ro‘yxatga olinadigan shaxs tug‘ilgan mamlakat to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, qayta migratsiya o‘z o‘rniga ega bo‘lgan davlatlarda bu belgi bo‘yicha ma’lumot mamlakatda tug‘ilgan ota-onalardan chet elda dunyoga kelgan farzandlarini aniqlash imkonini beradi.

            ”Fuqarolik” shaxsning u yoki bu davlatga tegishli ekani qonunchilikda belgilangan tarzda aniqlanadi, unga tug‘ilish bo‘yicha yoki qabul qilish tartibida, fuqarolikka ega bo‘lish to‘g‘risidagi iltimosnoma, optatsiya, turmush qurish yoki milliy qonunchilikka muvofiq boshqacha tarzda ega bo‘linadi. Fuqarolik xususidagi ma’lumotdan ro‘yxatga olish olib borilayotgan mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lmagan, biroq u yerda doimiy istiqomat qiluvchi chet el fuqarolarini aniqlashda foydalaniladi.

Fuqaroligi olingan davlat to‘g‘risidagi va ma’lumotlar tug‘ilgan mamlakat haqidagi ma’lumotlardan alohida jamlanishi kerak, zotan bu davlatlar ayni bir xil bo‘lmasligi mumkin.

Fuqaroligi olingan davlat to‘g‘risidagi ma’lumot barcha shaxslarga nisbatan to‘planishi va BMT statistika bo‘limi nashr etgan klassifikatsiyadagi uch xonali harfdan iborat koddan foydalangan holda eng mufassal darajada kodlanishi zarur. Mamlakat va hududlarning bunday tasniflanishi fuqarolik klassifikatsiyasini ishlab chiqish uchun foydali instrument hisoblanadi. Bunda yuqorida qayd etilgan klassifikatsiyaga kiritilgan, biroq o‘zining fuqaroligiga ega bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan tobe hududlar hisobiga ahamiyat qaratish kerak. Xalqaro solishtirish mulohazalariga ko‘ra, fuqarolik olingan davlat to‘g‘risidagi ma’lumot Birlashgan Millatlar Tashkiloti tan olgan davlatlar ro‘yxatiga muvofiq to‘planishi kerak, ro‘yxatga olish o‘tkazilayotgan davlatning u yoki bu davlatni tan olishi mezoniga muvofiq emas.

Ko‘p sonli fuqarolikni qabul qilgan shaxslarga ega davlatlar, ehtimol, mahalliy fuqarolikka ega bo‘lingan yil va unga ega bo‘lish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni xohlashlari mumkin: tug‘ilganlik bo‘yicha, nikoh tuzganlik bo‘yicha, fuqarolikni qabul qilish yo‘li yoki milliy qonunchilikka muvofiq boshqa yo‘llardan foydalanish orqali.

Ilgari mavjud bo‘lgan mamlakatlar parchalanishi natijasida yuzaga kelgan davlatlarda yangi davlat tashkil topishi o‘laroq, milliy fuqarolikni qabul qilgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha tasnifiy toifa qo‘llanilishi mumkin. Bu toifa qaytadan tashkil topgan davlatning fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchiligi kuchga kirgan vaqtda mamlakat fuqarolari sifatida tan olingan shaxslarni qamrab olishi zarur.

            Ushbu belgi tug‘ilgan yeridan yoki fuqaroligidan qat’iy nazar va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan odatiy hamda yashash joyining boshqa o‘zgarishlaridan qat’iy nazar, hozirgi kundalik istiqomat qilishida qachondir mamlakatdan tashqarida yashagan barcha shaxslarga taalluqlidir. Ushbu belgi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ishda respondentlarni xorijda qachondir odatiy yashash joyiga ega bo‘lganmi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘lgan hollarda tasniflash lozim.

 

 

Qachondir chet elda yashagan shahslar holatida ham avvalgi yashagan joyi joylashgan davlat ro‘yhatga olinishi mumkin. Bu ro‘yhatga olish mamlakatiga ko‘chib o‘tish amalga oshirilgunga qadar odatiy yashash joyi bo‘lgan davlat bo‘lishi lozim. Bu shunday davlat bo‘lishi shart emaski, inson undan ro‘yhatga olish davlatiga kelgan bo‘lsa.

            Bu belgi halqaro migrantlarning mamlakatda yashashining umumiy davomiyligiga tegishli. Umumiy davomiylik qachondir halqaro migrant sanalgan shahs barcha davrlar, jumladan, joriy davrni hisobga olgan holda mamlakatda yashagan yillarining umumiy miqdori sifatida aniqlanadi. Bu belgi faqat yashash uchun mamlakatga bir martadan ortiq kelgan shahslarga nisbatan oxirgi kelgan yili to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumot olishga imkon beradi.

            Ba‘zi davlatlar, ehtimol, xalqaro va yoki ichki migratsiya sabablari to‘g‘risida ma’lumot to‘plashni istashadi. Bu belgi respondentlar ohirgi migratsiya ko‘chishlari amalga oshirishga turtki bo‘lgan asosiy sababga tegishli. Migratsiyaning bitta bosh sababini ro‘yxatga olish tavsiya qilinadi. Balki bu belgini chet elda yashashga taalluqli belgiga yoki oldingi odatiy yashash joyi haqidagi savolga qo‘shimcha savol sifatida kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

            Qochoqlardan kelib chiqqan aholi o‘z ichiga “noiloj migrantlar” hisoblangan chet el fuqarolari va ro‘yxatga olish vaqtida ular bilan bir uy ho‘jaligida yashayotgan qaramog‘idagilar, jumladan, majburiy migratsiyadan so‘ng tug‘ilgan bolalarni oladi. Bu insonlar faqatgina “halqaro migratsiya sababi” belgisi qo‘shilishi sharti bilan aniqlanishi mumkin.

            Tug‘ilgan joy ichki migrantlarni tahlil qilish uchun ahamyatga ega. Tug‘ilgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar tug‘ilish sodir bo‘lgan joydagi ma’muriy-hududiy birlikka nisbatan yoki onaning farzandli bo‘lgandagi odatiy yashash joyiga nisbatan to‘planishi mumkin. Davlatlar o‘zlarining informatsion ehtiyojlarini qondirish uchun eng ko‘p to‘g‘ri keladigan mezonlarga muvofiq tarzda ma’lumot jamlashi kerak. Ba’zi davlatlar, har ikki mezonga ko‘ra ma’lumot yig‘ishi mumkin. “Tug‘ilgan davlati” belgisida bo‘lgani kabi davlatlarning ro‘yhatga olish materiallari va solishtirish meta-ma‘lumotlarida ta’rif qabul qilinishini aniqlashtirib olinishi zarur. Mamlakatda tug‘ilgan shahslarga nisbatan eng kichik ma’muriy-hududiy bo‘linish to‘g‘risida ma’lumot to‘planishi kerak. Mamlakat tashqarisida tug‘ilgan shahslar holatida tug‘ilgan davlati haqida ma’lumot to‘plash yetarli.

            Agar odatiy yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yhatga olishdan bir yil oldin to‘planayotgan bo‘lsa (ya‘ni agar “oldingi odatiy yashash joyi va hozirgi joyga kelgan sana” belgisining qisqartirilgan ko‘rinishi ishlatilayotgan bo‘lsa), unda ro‘yhatga olish o‘tkazilgungacha besh yil davomidagi odatiy yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham yig‘ilishi mumkin. Vaqt oralig‘idagi bunday o‘sish ko‘chishlar sonini ko‘proq ro‘yhatdan o‘tkazishga imkon beradi, ammo migratsiyaning aniq vaqtiga nisbatan noaniqlikning kuchayishiga olib keladi. Aholini ro‘yhatga olishdan bir yil oldin migratsiya masalasida bo‘lgani kabi, agar odatdagi yashash joyi ro‘yhatga olishdan besh yil oldin mamlakat ichida bo‘lgan bo‘lsa, unda uni anglatish uchun eng kichik ma’muriy-hududiy bo‘linish birligidan foydalanish kerak. Biroq, agar ro‘yhatga olish o‘tkazishdan besh yil oldingi odatiy yashash joyi chet elda joylashgan bo‘lsa, unda yashagan davlati to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash lozim.

 

Axborot xizmati

           

Tugmani bosing Tinglash GSpeech