2024-yilning yanvar-may oylarida jami 15,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 ming nafarga yoki 7,4 % ga kamaygan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston — 7 888 nafar;
Rossiya — 2 272 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 1 756 nafar;
Janubiy Koreya — 900 nafar;
Turkiya — 858 nafar;
Qozogʻiston — 608 nafar;
Buyuk Britaniya — 342 nafar;
Xitoy — 302 nafar;
Germaniya — 154 nafar;
AQSH — 141 nafar;
Boshqa davlatlar — 575 nafar.
Axborot xizmati