2024-yilning yanvar-may oylarida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 1 204,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,0 % ga oshdi. Shuningdek, yirik korxonalar savdo hajmi 307,6 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 2,1 m.), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyetklari savdo hajmi 896,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 122,8 %) tashkil qildi.
Axborot xizmati