2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 2 730,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 701,9 ming nafarga yoki 34,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1 251,5 ming nafar;
Tojikiston – 560,6 ming nafar;
Qozogʻiston – 420 ming nafar;
Rossiya – 122 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 104,6 ming nafar;
Turkiya – 91,8 ming nafar;
BAA – 62,6 ming nafar;
Misr – 17,6 ming nafar;
Quvayt – 16,7 ming nafar;
Janubiy Koreya – 10 ming nafar;
boshqa davlatlar – 73,1 ming nafar.
Axborot xizmati