2024-yilning 18-iyul kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev hamda boshqarmaning Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi mutaxassislari tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan qurilish korxonalarining rahbarlari, hisobchilari hamda Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma boshlig‘i hamda mutaxassislari tomonidan Qurilish sohasiga doir oylik 12 korxona shakli “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida”gi, choraklik 4-qurilish “Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risida”gi statistik hisobotlar, shuningdek, choraklik 4 KB (qurilish, savdo, xizmat) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi statistik kuzatuv shakli bo‘yicha ularning yig‘ilish jarayonlari, shakllanishi va tahlili yuzasidan yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berishdi.
Yig‘ilish davomida yig‘ilish qatnashchilarining savollariga boshqarma mutaxassislari tomonidan to‘laqonli javoblar berildi.
Axborot xavfsizligi