2024-yil yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland o‘sish ko‘rsatkichi tashish va saqlash sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 151,5 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, axborot va aloqa faoliyati sohasida 129,2 %, sanoat sohasi 120,1 %, savdo sohasi 120,0 %, ta’lim sohasida 116,9 %, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 114,6 %, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasi 109,7 %, o‘sganligini hamda qurilish sohasi 103,3 % ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Axborot xizmati