Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2024-yil yanvar-iyun oylarida 72,9 mln. AQSh dollarlik 81,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 6,6 mln. AQSh dollariga ko‘paydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (35,3 %), XXR (11,9 %), Turkiya (11,4 %), hamda Ozarbayjon (6,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati