30/07/2024

    Joriy yilning 30-iyul kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan  boshqarma va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda boshqarmaning Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi mutaxassislari tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, dasturdan foydalanish hamda maʼlumotlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha mutaxassislar amaliy misollar bilan tushuntirishdi va qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech