2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 382,1 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda
890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1 577 ming nafar;
Tojikiston – 676,4 ming nafar;
Qozogʻiston – 526,4 ming nafar;
Rossiya – 159,7 ming nafar;
Turkiya – 123 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;
BAA – 70,6 ming nafar;
Misr – 22,2 ming nafar;
Quvayt – 16,7 ming nafar;
Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar;
boshqa davlatlar – 91,5 ming nafar.
Axborot xavfsizligi