03/10/2024

    Samarqand viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-avgust oylari holatiga koʻra, 800,6 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport 341,9 mln AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 458,7 mln AQSh dollari qiymatida qayd etildi.

Samarqand viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (64,2 %), Qozogʻiston (19,5 %) hamda Tojikiston (5,6 %) davlatlari bilan qayd etildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech