Ulgurji savdo tovar aylanmasi – qayta sotish maqsadida sotib olingan va tadbirkorlik faoliyatida foydalanish yoki o‘z foydalanishi (qayta ishlash) uchun uchinchi tomon tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘zgartirmagan holda jo‘natilgan tovarlarning ushbu tovarlar uchun haq to‘lanadigan yoki to‘lanmaganligidan qat’iy nazar qiymati.
Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 14 050,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 23,7 % ga o‘sdi.
Axborot xizmati