Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining 2024-yil 1-noyabrdagi № 82-Sh sonli buyrug‘iga asosan Normuratov Avaz Abdunayimovich 2024-yilning 1-noyabridan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.
A.Normuratov tayinlovga qadar Toyloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Normuratov Avaz Abdunayimovichni yangi lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ish faoliyatiga omadlar tilab qoladi.
Axborot xizmati