2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 089,1 ming tonna sut (2023-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 3,9 foiz ko‘p) sog‘ib olingan.
Sut sog‘ib oliish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sut yetishtirish umumiy hajmining 90,7 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak Payariq tumanida (113 ming tonna) eng ko‘p sut sog‘ib olingan.
Axborot xizmati