Joriy yilning 7- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Narx kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish tartibi boʻyicha misollar bilan koʻrsatildi hamda xodimlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Vebinar yakunida Narx statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.
Axborot xizmati