2024-yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi 1 590,1 mln AQSh dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng yuqori ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (31 %), kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (26,4 %) hamda sanoat tovarlari (24,8 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 91,7 mln AQSh dollariga ko‘paydi va 1 585,7 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar 4,4 mln AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati