Samarqand viloyatida 2024-yil 1-oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 254,9 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,3 kishiga ortgan (2023-yilda 1 kv.km.ga 249,6 kishi).
Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Kattaqo‘rg‘on shahrida 9 560 kishi, Samarqand shahrida 4 945 kishi, Toyloq tumanida 803,6 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Nurobod tumani 33,9 kishi, Qo‘shrabot tumani 66,6 kishi, Paxtachi tumani 111,6 kishini tashkil etgan.
Axborot xizmati