2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 721,5 ming taga, sigirlarning umumiy bosh soni 737,9 ming boshga, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 640,4 ming taga, otlarning umumiy bosh soni 29 849 taga hamda parrandalarning umumiy bosh soni 13 582,0 ming boshga yetdi.
2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,1 foizi fermer xo‘jaliklari, 93,4 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 0,5 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, mos ravishda qo‘y va echkilar umumyiy sonining 9,1 foizi fermer xo‘jaliklari, 85,1 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 5,8 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi, otlar umumiy sonining 17,3 foizi fermer xo‘jaliklari, 79,8 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 2,9 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi, shuningdek, parrandalar umumiy sonining 38,3 foizi fermer xo‘jaliklari, 42,2 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga, 19,5 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati