2024-yilning yanvar-sentabr oylarida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1 279,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 1 023,6 mlrd so‘m, qo‘y va echkilar 190,2 mlrd so‘mni, otlar 58,9 mlrd so‘mni, parrandalar 7,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Axborot xizmati