2024-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 086 ta bo‘lib, uning ulushi jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 2,4 foizini tashkil etdi.
Tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki:
- quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 66,7 foizini tashkil etdi;
- ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishining korxonalar soni 29,0 foizini;
- pochta va kuryerlik yo‘nalishidagi korxonalar soni 3,5 foizini;
- havo va suv transporti yo‘nalishidagi korxonalar soni 0,8 foizini tashkil etgan.
Axborot xizmati