Oilaviy korxonaning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir.
Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilari shaxsiy mehnatiga asoslanadi va tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.
2024-yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 1 070 tani tashkil etmoqda.
Axborot xizmati