28/11/2024

    Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2024-yil yanvar-oktabr oylarida 149 mln AQSh dollarlik 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 16,6 mln AQSh dollariga ko‘paydi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (40,4 %), XXR (12,3 %), Turkiya (11,5 %) hamda Ozarbayjon (5,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech