28/11/2024

    Viloyat statistika boshqarmasi tizim xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur muloqotlarning navbatdagisi boshqarmada bo‘lib o‘tdi. Viloyat statistika boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasi raisi va komissiya a’zolari hamda boshqarma bosh yuristkonsulti tomonidan barcha tarmoq bo‘limlari hamda shahar va tuman statistika bo‘limlarida  korrupsion holatlarning oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to‘qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim xodimlarini ogoh etish va xodimlarni “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.

Ochiq muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirilib, korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari keng targ‘ib qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targ‘ibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil o‘qib- o‘rganish uchun etkazildi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot so‘nggida ishtirokchilarga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, bo‘lim boshliqlariga xizmat vazifasini bajarishda halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech