Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2024-yil 1-dekabr holatiga 36 505 tani tashkil etdi, ulardan 36 292 tasi kichik korxona va mikrofirmalar.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 43,0 foiz, sanoat – 15,3 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 9,6 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 6,9 foiz, qurilish – 6,4 foiz, tashish va saqlash – 2,8 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,6 foiz, axborot va aloqa – 2,0 foiz, boshqa turlari – 11,3 foiz.
Axborot xizmati