Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2024-yil 1-dekabr holatiga 3 531 taga yetib, ularning 3 510 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.
Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 13,3 foiz ulushini tashkil etdi;
- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 86,7 foiz ulushini tashkil etdi.
Axborot xizmati