24/12/2024

    2024-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning soni 1 062 ta bo‘lib, uning salmoqli qismi – 963 tasi yoki 90,7 foizi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilar shuni ko‘rsatdiki:

 - ushbu sohadagi korxonalar sonining 97,5 foizi sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi;

- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,0 foizni tashkil etdi;

- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,5 foizini tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech