25/12/2024

    Amaldagi 36 505 ta tijorat korxona va tashkilotlaridan 2024-yil 1-dekabr holatiga mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 23 688 tani tashkil etib, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinda turadi. Shuni xulosa qilishimiz mumkinki, mazkur korxonalar mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining eng ko‘p tarqalgan shakli hisoblanadi.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 41,4 foiz, sanoat – 14,1 foiz, qurilish – 8,5 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 8,1 foiz.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech