Samarqand viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-noyabr oylari holatiga koʻra, 1 136,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport 491,3 mln AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 645,0 mln AQSh dollari qiymatida qayd etildi.
Samarqand viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (63,2 %), Qozogʻiston (19,4 %) hamda Tojikiston (6,1 %) davlatlari bilan qayd etildi.
Axborot xizmati