17/01/2025

    Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2025-yil 1-yanvar holatiga 3 013 taga yetib, 2 992 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.

    Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:

- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 14,5 foiz ulushini tashkil etdi;

 - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 85,5 foiz ulushini tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech