2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlar soni 1 001 ta bo‘lib ularning salmoqli qismi – 903 tasi yoki 90,2 foizi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilar shuni ko‘rsatdiki:
- ushbu sohadagi korxonalar sonining 97,6 foizi sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi;
- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 1,9 foizni tashkil etdi;
- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,5 foizini tashkil etdi.
Axborot xizmati