Samarqand viloyatida 2025-yil 1-yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 256,3 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,3 kishiga ortgan (2024-yilda 1 kv.km.ga 251,0 kishi).
Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Kattaqo‘rg‘on shahrida 9 590,0 kishi, Samarqand shahrida 4 965,0 kishi, Toyloq tumanida 807,9 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Nurobod tumani 34,1 kishi, Qo‘shrabot tumani 66,9 kishi, Paxtachi tumani 112,0 kishini tashkil etgan.
Axborot xizmati