13/02/2025

    Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatida Samarqand viloyat Statistikasi boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshlig‘i F. Shukurov, bo‘lim xodimlari hamda institut oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik taʻminoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlari, xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar, shuningdek, tadbirga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi

Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech