2025-yilning yanvar oyida import hajmi 184,2 mln AQSH dollariga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (31,8 %), mashinalar va transport asbob-uskunalari (23,9 %) hamda sanoat mahsulotlari (22,4 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati