Davlatimiz rahbari nutqida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi.
– Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan masallar yuzasidan 2025-yilning 11-mart kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida boshqarma rahbariyati va xodimlar hamda viloyat prokuraturasining mutaxassislari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi davra suhbatida boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan masallar muhokamasi yuzasidan axboroti eshitildi.
Jumladan, viloyat prokuraturasining mutaxassislari ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida qatnashganligini ma’lumot o‘rnida ta’kidlab yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilab berilganligi to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berib o‘tdi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari o‘z nutqida korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov ekanligi hamda shu bois so‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi. Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilinganligini ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tdi.
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilganligi va ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib bormoqda.
Jumladan, aholi va tadbirkorlarga “xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 120 turdagi hujjatlarni talab qilish,
160 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Natijada 200 mingga yaqin yangi tadbirkorlar bozorga kirib keldi. Chet el ishtirokidagi korxonalar qariyb
5 karra oshib, 23 mingga yaqinlashganligi hamda elektron davlat xizmatlari soni 15 karra ortib, 721 taga yetdi, ulardan foydalanuvchilar esa, 11 milliondan oshdi.
Eng muhimi, bular orqali aholi, tadbirkorlar, xorijiy hamkorlarimiz, xalqaro tashkilotlar va investorlarning islohotlarga ishonchi mustahkamlanganligi va so‘nggi yetti yilda 120 milliard dollardan ortiq investitsiya kirgani, iqtisodiyotimiz 2 karra o‘sib, o‘tgan yili 115 milliard dollarga yetgani buning isboti ekanligi to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.
Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish doimiy jarayon ekanini aytib, bu boradagi dolzarb masalalarni va kelgusi vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
Huquq-tartibot idoralari, asosan, korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan ishlab, korrupsiyaviy omillarni tag-tomiri bilan yo‘qotadigan choralar ko‘rishi va korrupsiyaning oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlash shu bois ishga olishdagi tartib va yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlarni belgilab berganligi Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun zarurati qayd etilib, uning loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi belgilanganligi hamda fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalash maqsadida ta’lim maskanlarida halollik g‘oyalarini singdirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ko‘rsatib o‘tilganligi to‘g‘risida ham ishtirokchilarga tushuntirish berdi.
Axborot xizmati