2025-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 105 tani tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p tashkil etilgan korxona va tashkilotlar quyidagicha: Samarqand shahrida (303 ta), Pastdarg‘om (94 ta) va Urgut (94 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tarmoqlar kesimida esa eng yuqori ko‘rsatkichni savdo – 375 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 166 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari sohasida – 106 ta, sanoat – 104 ta va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 89 taga ko‘paygani bilan izohlash mumkin.
Axborot xizmati