Sanoat – iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.
Sanoat korxonalari soni 2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra 4 816 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 12,4 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan;
– 94,1 foizini ishlab chiqarish sanoati;
–4,4 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash;
–1,1 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish;
–0,3 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashkil etgan.
Axborot xizmati