2025-yil yanvar oyida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 41,3 mln AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,7 % ga koʻpaydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 22,4 % ga yetdi.
Sanoat mahsulotlari importi asosan choʻyan yoki legirlanmagan poʻlat (23,2 mln AQSh dollari), to'qimachilik yigirilgan ipi, matolar, boshqa joyda tasniflanmagan tayyor buyumlar va shunga o'xshash mahsulotlar (6,1 mln AQSh dollari), rezina buyumlari (5,0 mln AQSh dollari) va boshqalardan tashkil topgan.
Axborot xizmati