Amaldagi 32 781 ta tijorat korxona va tashkilotlaridan 2025-yil 1-mart holatiga mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 21 849 tani tashkil etib, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinda turadi. Shuni xulosa qilishimiz mumkinki, mazkur korxonalar mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining eng ko‘p tarqalgan shakli hisoblanadi.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 41,6 foiz, sanoat – 13,7 foiz, qurilish – 8,4 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 8,2 foiz.
Axborot xizmati