2025-yil yanvar-fevral oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 9 611,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,6 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 1 927,5 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-fevral oylarida xizmatlar hajmi 7683,7 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 115,8 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati