25/03/2025

    Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra 6 577 tani tashkil etdi.

    Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 45,1 foizi, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 22,6 foizi, sanoat – 18,4 foizi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 4,4 foizi, hududiy kesimda esa eng ko‘pi Samarqand shahrida – 26,3 foizi, Samarqand tumanida – 12,0 foizi va Pastdarg‘om tumanida – 11,1 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech