Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida jami 551,3 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 82,9 ming nafarga yoki 17,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar oyida chet elga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash - 425 839 nafar
sayyohlik - 117 199 nafar
davolanish - 4 206 nafar
o‘qish - 2 975 nafar
xizmat yuzasidan - 1 060 nafar
Axborot xizmati