Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Vilotatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida, 2025-yilning 1-mart holatiga eksportyorlar soni 364 taga yetib 2 oy davomida ular tomonidan 120,2 mln AQSh dollari qiymatidagi (2024- yilning mos davriga nisbatan 15,1 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.
Axborot xizmati