Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 22,5 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming nafarga yoki 57,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
xizmat yuzasidan – 9 396 nafar;
sayyohlik – 6 884 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 6 069 nafar;
tijorat – 92 nafar;
o‘qish – 68 nafar;
davolanish – 11 nafar.
Axborot xizmati