Samarqand viloyatining chakana savdo aylanmasida yirik korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari

    Tahliliy natijalarga ko‘ra chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahri (99,9 %), Narpay (99,4 %), Ishtixon (99,2 %), Jomboy (99,0 %), Payariq (99,0 %) va Qo‘shrabot (99,0 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 12,0 % ni tashkil etib, eng katta ulush Samarqand shahri (15,9 %) va Samarqand (32,9 %), Bulung‘ur (21,6 %), Kattaqo‘rg‘on (5,5 %), Urgut (2,5 %) tumanlarida kuzatildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech