02/05/2025

    Tuman va shaharlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2025-yilning yanvar-mart oylari uchun keltirilgan bo‘lib, 2024-yilning mos davri bilan taqqoslangan.

    Tuman va shaharlar kesimida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Kattaqo‘rgon tumani 9 889,1 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 129,0 % ga oʻsganligi kuzatildi.

    Shuningdek, bu koʻrsatkich Samarqand shahrida 4 672,1 ming soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish sur’ati 120,8%), Payariq tumanida 6 662,1 ming soʻmni (118,1%), Jomboy tumanida 4 079,8 ming soʻmni (117,6%), Samarqand tumanida 4 580,2 ming soʻmni (116,3%), Bulung‘ur tumanida 4 370,1 ming soʻmni (115,8%) va Toyloq tumanida 4 580,2 ming soʻm (115,6%)ni tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech