27/10/2025

   Viloyatimizda 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 80,9 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 25,0 promilleni tashkil etdi. Tugʻilganlar soni joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming nafarga kamaygan.

   Viloyatda tirik tugʻilganlar soni 80,9 ming kishini, shundan oʻgʻil bolalar soni 41,7 ming kishini (jami tugʻilganlar soniga nisbatan 51,5%), qiz bolalar soni 39,2 ming kishini (48,5%) va shahar joylarida 25,7 ming kishini (31,8%), qishloq joylarida 55,2  ming kishini (68,2%) tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech