Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 303 702,1 mlrd soʻmni tashkil etdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga oʻsdi.
Sanoat tarmogʻining oʻsishi 6,8 % ni tashkil etdi va YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 1,7 f.p.ni tashkil etdi.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining oʻsishi 3,6 % ni tashkil etdi va YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 0,6 f.p.ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining oʻsishi 14,2 % ni tashkil etdi. Qurilish tarmogʻining YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 1,0 f.p.ni tashkil etdi.
Xizmatlar koʻrsatish sohasida oʻsish surʼati 8,7 % ni tashkil etdi. Shundan savdo, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar 10,6 % ga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 14,6 % ga hamda boshqa xizmat sohalari 6,4 % ga oʻsdi. Xizmatlar koʻrsatish sohasining YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 4,0 f.p.ni tashkil qildi.
Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi 6,9 % ga oʻsdi va uning YAIM oʻsishiga ijobiy hissasi 0,3 f.p.ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



