19/12/2025

    2025-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra viloyatimizda 4 748 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 128 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 23,7 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 719 tasi (15,1 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 374 tasi (7,9 %) kiyim ishlab chiqarishga, 456 tasi (9,6 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 343 tasi (7,2 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech