2025-yil yanvar-noyabr oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 67 639,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,9 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 14 133,8 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-noyabr oylarida xizmatlar hajmi 53 505,5 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 113,6 % ni tashkil etgan.

Axborot xizmati



