Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 54,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 161,4 ming tonna banan import qilingan.
Banan importi hajmi 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,8 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekistonga 2025-yilning 11 oyida eng koʻp banan yetkazib bergan davlatlar:
— Ekvador – 145,9 ming tonna
— Xitoy – 13,9 ming tonna
— Qozogʻiston – 565,8 tonna
— Turkiya – 384,9 tonna
— Qirgʻiz R. – 337,3 tonna
— Boshqa davlatlar – 324,6 tonna

Axborot xizmati



