Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan hamyurtlarimiz o‘rtasida tasodifiy tanlash ( random ) usuli orqali navbatdagi sovrindorlar aniqlandi. Ushbu jarayon aholining faolligini oshirish va yurtdoshlarimizning ro‘yxatga olish tadbiriga ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Navbatdagi g‘oliblarimiz - Samarqand viloyati, Samarqand tumani Navbog‘ mahallasida istiqomat qiluvchi G. Mirzaqulova va Kattaqo‘rg‘on tumani Olmazor mahallasida yashovchi H. Aliyevlar bo‘lib, bugun ularning yutug‘ini viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev ko‘tarinki kayfiyatda topshiridi.


G‘oliblarimizdan biri ushbu e’tirof haqida fikr bildirib:
“Vatan ravnaqi, farzandlarim kelajagi yo‘lida qo‘shgan kichik bir xissam munosib baholanganligidan nihoyatda xursandman”, - dedi
Ta’kidlash joizki, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etish mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivoji uchun muhum ahamiyat kasb etadi.
Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol bo‘ling. Balki keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin!


Axborot xizmati



